Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident raisligida navbatdagi videoselektor bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning birinchi va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, moliya, bandlik, pensiya, iqtisodiyot, statistika, tijorat banklari, elektr, suv va gaz korxonalari, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda kun tartibidagi masalaga aloqador boshqa tashkilot rahbarlari, shuningdek, har bir shahar va tumanlar soliq inspeksiyasi rahbarlari boshchiligida 5 nafardan yirik tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Ma'lum qilinishicha, yig‘ilishda «Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Kontseptsiyasini amaliyotga tatbiq etish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq solish tizimini takomillashtirish va shaffofligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar» muhokama qilinadi.
Shuningdek, kun tartibidan byudjyet daromadlariga belgilangan rejaning bajarilishi hamda byudjyetga mablag‘larni undirish bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni aniqlash ham o‘rin olgan.
Mavzuga oid
17:40 / 27.01.2026
Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha «poytaxt namunasi» joriy etiladi
16:33 / 27.01.2026
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
13:38 / 27.01.2026
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zufar Qurbonov tanqidga uchradi
13:20 / 27.01.2026