Bugun, 20 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Yiğilişda şahar, tuman hokimlari va ularning birinçi va investitsiya masalalari böyiça örinbosarlari, prokurorlar, IIB boşliqlari, moliya, bandlik, pensiya, iqtisodiyot, statistika, tijorat banklari, elektr, suv va gaz korxonalari, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda kun tartibidagi masalaga aloqador boşqa taşkilot rahbarlari, şuningdek, har bir şahar va tumanlar soliq inspeksiyasi rahbarlari boşçiligida 5 nafardan yirik tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari iştirok etişmoqda.

Ma'lum qilinişiça, yiğilişda «Soliq siyosatining asosiy yönalişlari Kontseptsiyasini amaliyotga tatbiq etiş doirasida amalga oşirilayotgan işlar, soliq soliş tizimini takomillaştiriş va şaffofligini ta'minlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar» muhokama qilinadi.

Şuningdek, kun tartibidan byudjyet daromadlariga belgilangan rejaning bajarilişi hamda byudjyetga mablağlarni undiriş böyiça qöşimça manbalarni aniqlaş ham örin olgan.