Tojikistonda shaharlar va tumanlarning qayta nomlanishi sababi tushuntirildi
Tojikiston parlamentining yuqori palatasida mamlakatdagi aholi punktlari qayta nomlanishining huquqiy asoslari masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Bu haqda Tojikiston milliy majlisi spikeri yordamchisi Navro‘z Qurbonzoda ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, yig‘ilishda ba'zi aholi punktlari qayta nomlanishi zarurati Tojikiston mustaqillikka erishgandan keyin yuzaga kelgan.
Jumladan, inqilob, proletariat, komsomol va shu kabilar bilan bog‘liq nomlar o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan.
Bu masalada tarixiy qadriyatlar va tojik tilining me'yorlari, olimlar va mahalliy aholi fikrlari hisobga olingan.
Tojikistonda 2000 yildan boshlab 1 viloyat, 7 shahar, 23 tuman, 17 posyolka, 98 jamoat, 966 qishloq qayta nomlangan. Qayta nomlangan aholi punktlariga tojik xalqi tarixi, madaniyati, tiliga javob beruvchi nomlar berilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024