O‘zbekistondan Rossiyaga migrantlar oqimi 70 foizga kamaydi
So‘nggi yillarda migrantlar oqimi Rossiya aholisining tabiiy kamayishini biroz yumshatdi, biroq endi bu fuqarolar soni qisqarib borishini qoplamayapti, deb yozadi RBK.
2018 yil yanvar-oktabr oylarida aholi soni 78,7 ming kishiga kamaydi, deyiladi Rosstat hisobotida. O‘n oylik davrda aholining tabiiy kamayishi 180,5 ming kishini, migratsion o‘sish - 101,8 mingni tashkil etdi, ya'ni migrantlar oqimi faqat 56,4 foizlik kamayishni qopladi. Yil yakunlariga ko‘ra bu holat o‘zgarmaydi, deya taxmin qilmoqda ekspertlar.
2018 yilda migratsion o‘sish 2017 yil bilan taqqoslaganda 43 foizga yoki 76,6 ming kishiga kamaydi. Eng ko‘p ukrainalik (74 foiz), o‘zbekistonlik (70 foiz) va qirg‘izistonlik (40 foiz) migrantlar oqimi pasaydi. MDH davlatlari Rossiya uchun migrantlarning asosiy donorlari bo‘lib, biroq bu resurs yo‘qolmoqda.
Shu tariqa, Rossiya aholisi 10 yil ichida birinchi marotaba kamayadi (1 noyabr holatiga jami aholining soni 146,8 mln kishini tashkil etdi).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga ko‘proq pul jo‘natishni boshlashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024