Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramos: «Men murabbiyni tayinlamayman»
«Real» himoyachisi Serxio Ramos portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning klubga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Men «Real»da kim bosh murabbiy bo‘lishini hal qilmayman. Mourino bizni tark etganiga 5 yil bo‘ldi, ammo hamon u haqda gapiryapsizlar. Bizda chempion bo‘lish imkoniyati bor, ammo negadir Mourino haqida gapiryapmiz. Sardor murabbiyni tayinlamaydi», — deb Ramos so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Eslatib o‘tamiz, Mourino 18 dekabr kuni «Manchester Yunayted»dan iste'foga chiqarilgan edi.
Avvalroq, El Pais «Real» klubining 55 yoshli mutaxassisga yiliga 20 million yevro maosh taklif qilgani haqida yozdi. Mourino «Real»da 2010 – 2013 yillar davomida ishlagan va Ispaniya chempioni bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
22:33 / 12.01.2026
«Real» Alonsoni ishdan bo‘shatdi: klasikodagi mag‘lubiyat kechirilmadi
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
11:04 / 21.12.2025