Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Trampning yangi qarori fojiali qadamga aylanishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimi rahbari Jyerom Pauellni iste'foga chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.
Agentlik manbalari so‘ziga ko‘ra, idora asosiy foiz stavkasini ko‘targanidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar prezidentining FZT rahbaridan hafsalasi pir bo‘lgan.
Shu bilan birga, nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning maslahatchilari u Pauellga qarshi chiqishi mumkin ekaniga ishonmayapti. Ularning umid bildirishicha, prezident bayramlar paytida o‘z qaroridan qaytadi. Maslahatchilar taxminicha, FZT rahbarining ishdan bo‘shatilishi «fojiali qadam» bo‘ladi.
Avvalroq, Jyerom Pauell Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi Amerika iqtisodiyotiga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida gapirgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh hukumati ishni qisman to‘xtatgani, Tramp bunga izoh bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
16:19 / 18.09.2025
AQSh federal rezerv asosiy stavkani pasaytirdi, ammo stagflyatsiya xavflari kuchaymoqda
22:06 / 02.12.2024