AQŞda federal hukumat 22 dekabr, şanba kuni işini qisman töxtatib qöyadi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
Xabar qilinişiça, Amerika senati va vakillar palatasi xodimlari byudjyet muhokamasini tugatib, qaror qabul qilmasdan Kapitoliyni tark etişgan.
Aniqlik kiritilişiça, mamlakatning eng muhim vazirliklarini moliyalaştiriş Toşkent vaqti bilan soat 10:00da töxtatiladi.
Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp mamlakat hukumati işi töxtatilişiga munosabat bildirdi. Bu siyosatçi haqida tvitterdagi öz sahifasida yozgan.
Uning sözlariga köra, hukumat faoliyati töxtatilişi bilan heç narsa qilişning imkoni yöq. Uning umid bildirişiça, bu holat uzoq davom etmaydi.
«Bizning buyuk mamlakatimiz xavfsiz çegaraga ega bölişi kerak», - deya ma'lum qildi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Kongressi «Tramp devori»ga olti milliard dollar sarflaşga qaror qilgani xabar berilgandi.

















