AQŞ prezidenti Donald Tramp may oyida amaldagi FZT raisi Jyerom Pauellning vakolat muddati tugagandan söng mamlakat Federal zaxira tizimi (FZT) rahbarligiga Kevin Uorş nomzodini ilgari surdi. Tramp juma kuni, 30 yanvarda Truth Social ijtimoiy tarmoğida şunday deb yozdi: “Men Kevinni ançadan beri bilaman va u tarixga FZTning buyuk raislaridan biri, ehtimol hatto eng yaxşisi sifatida kirişiga şubham yöq. Bundan taşqari, u şunçaki ideal nomzod”. Uorş nomzodini AQŞ Senati tasdiqlaşi kerak.
Kevin Uorş 2006 yildan 2011 yilgaça FZT boşqaruvçilar kengaşi a’zosi bölgan. Tayinlangan paytida u 35 yoşda bölib, kengaş tarixidagi eng yoş a’zoga aylangan. Uorş ilgari Morgan Stanley’da bankir bölib işlagan, asosan kompaniyalarni qöşib yuboriş va sotib oliş yönalişiga ixtisoslaşgan, şu jumladan Trampga iqtisodiy siyosat masalalarida maslahat bergan. Bloomberg agentligi avvalroq xabar qilganidek, Oq uy aynan uni asosiy nomzod sifatida körib çiqqan.
AQŞ prezidenti amaldagi FZT rahbari Jyerom Pauellni asosiy stavkani sezilarli darajada pasaytirişdan boş tortgani uçun tanqid qilib kelgan, yanvar oyida esa uni “ahmoq” deb atab, lavozimidan mahrum bölişini aytgan. Uorş ham FZTni tez-tez tanqid qilib turadi. Tramp Pauellni birinçi prezidentlik muddati davrida FZT raisi etib tayinlagan. Pauellning FZT raisi sifatidagi vakolat muddati 2026 yil mayda tugasa ham, u boşqaruvçilar kengaşi tarkibida 2028 yil yanvargaça qoladi.
11 yanvar kuni Jyerom Pauell amerikalik prokurorlar uning qonun çiqaruvçilarga bergan bayonotlarini tekşirişni boşlaganini va jinoiy modda böyiça ayblov qöyilişi mumkinligini bildirgan. Pauellga köra, bu harakatlar Donald Tramp tomonidan pul-kredit siyosati sohasida qabul qilgan qarorlari uçun unga bosim ötkaziş kampaniyasining bir qismi hisoblanadi.
Trampning özi esa Adliya vazirligi tomonidan FZTga nisbatan olib borilayotgan tekşiruv haqida heç narsa bilmasligini aytgan.
Tekşiruv ikki partiya senatorlari tomonidan keskin tanqid qilindi. Respublikaçi senator Tom Tillis Adliya vazirligining mustaqilligi va unga bölgan işonç şubha ostida qolganini bildirdi. U, şuningdek, tergov yakunlanmagunça FZT rahbariyatiga taklif etiladigan har qanday nomzodni, jumladan kelgusi rais nomzodini ham tasdiqlaşga qarşi çiqişini aytdi.

















