AQŞ Federal zaxira tizimi (FED) 17 sentabr kuni asosiy foiz stavkasini çorak punktga pasaytirib, 4,00-4,25 foiz diapazoniga tuşirdi. Bu 2024 yil dekabridan beri birinçi marta bölayotgan stavka pasayişidir.
Avgust oyida iste’mol narxlari sönggi yetti oy içida eng keskin ösişni qayd etdi. Uy-joy va oziq-ovqat narxlarining oşişi inflatsiyani yanvardan beri eng yuqori darajaga olib çiqdi.
“Bu 1970 yillardagi stagflyatsiyadan yiroq, biroq aksiyalar va obligatsiyalardan olinadigan daromadlarga nisbatan yanada konservativ qaraşni talab qiladi”, - dedi Reuters’ga Miçayel Rosen, Angeles Investmens boş investitsiya direktori.
Trampning yaqinda tayinlangan iqtisodiy maslahatçisi va FED Boşqaruvçilar kengaşi a’zosi Stephen Miran qarorga qarşi yagona ovoz berdi. U stavkani çorak punkt emas, balki yarim punktga pasaytirişni taklif qilgan.
“Bozor kelgan ma’lumotlarning barçasini hazm qilişda qiynaldi. FED qaror qabul qiliş jarayoniga oid aniq yönaliş bermadi”, - dedi Joş Hirt, Vanguard kompaniyasining katta iqtisodçisi.
Uning fikriça, qömita a’zolari örtasidagi katta kelişmovçilik noaniqlikni yanada kuçaytirib, moliya bozorlarida keskin özgaruvçanlikni yuzaga çiqarişi mumkin.
Tahlilçilar fikriça, asosiy stavka pasayişi natijasida uy-joy kreditlari va ipoteka foizlarida pasayiş boşlanişi mumkin, ammo bu asta-sekin bölişi ehtimoli yuqori.
Oziq-ovqat va uy-joy xizmatlarining narxi hali ham oşmoqda; umumiy inflatsiya ma’lum darajada barqarorroq, lekin ideal darajada emas.
Işsizlik oşişi ehtimoli mavjud, çunki iş örinlari yaratilişi sezilarli darajada susaygan. Bozorlar federal rezervning keyingi uçraşuvlarida asosiy stavka yanada pasaytirilişiga tayyorlanmoqda, ayniqsa oktyabr va dekabrda.

















