Sport | 15:19 / 22.12.2018
29913
2 daqiqa o‘qiladi

Mirjalol Qosimov OKMK bosh murabbiyi lavozimida ish boshlaydi

Foto: KUN.UZ

OKMK klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.

Tribuna.uz xabariga ko‘ra, klubni shu mavsum o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston kubogi g‘olibligi sari boshlab borgan Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgan. Endilikda Baxtiyor Azamovichning o‘rnida «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ish boshlashi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Olmaliq klubi 2019 yilda Osiyo Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etadi. Jamoa guruh bosqichiga o‘tish yo‘lida 12 fevral kuni o‘z maydonida Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni qabul qiladi. Uchrashuv g‘olibi bir haftadan so‘ng Saudiya Arabistonida «Al-Nasr»mehmoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Qosimov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bu mavsumni moliyaviy qiyinchiliklar bilan o‘tkazdi. Klub noyabr oyi o‘rtalarida FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan mahrum qilingach, chempionat tugashiga 2 tur qolganida bronza uchun kurashdan chiqdi va yakunda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid