O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash elektron tizimini rivojlantirishga start berildi
Toshkentda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi bo‘limi direktori Klaudia Steyn boshchiligida JSST delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda “2018– 2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakilligi o‘rtasidagi ikki yillik hamkorlik kelishuvi” doirasida sog‘liqni saqlash axborot tizimi va ma'lumotlarni boshqarish uchun xalqaro standartlardan foydalanish bo‘yicha texnik ko‘maklashuv amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida sog‘liqni saqlash axborot tizimini rivojlantirish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, kadrlar salohiyatini monitoring qilish, baholash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, xalqaro ekspertlarni jalb etib, soha mutaxassislari uchun treninglar o‘tkazish, elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga grantlar ajratish masalalari hal etildi.
Qayd etish joizki, JSST delegatsiyasishu yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash axborot tizimini majmuaviy baholash o‘tkazilishi natijasi bo‘yicha turli davlat organlari va xalqaro moliyaviy institutlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Joriy yilning noyabr oyida esa ushbu xalqaro tashkilotning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab va sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tgandi. Natijada, JSST ekspertlari hamkorligidaO‘zbekistonda sog‘liqni saqlash axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha loyiha tayyorlandi. Unda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va milliy sog‘liqni saqlash axborot tizimini takomillashtirish, elektron sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash uchun 2018—2020 yillarga mo‘ljallangan aniq tadbirlar aks etgan.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024
Dunyoda silga chalinish holatlari oshdi – JSST
00:26 / 27.10.2024