Jahon | 10:09 / 22.12.2018
6783
2 daqiqa o‘qiladi

Pridnestrove sobiq prezidenti sirtdan 16 yilga qamaldi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov

Pridnestrove Moldova Respublikasi sobiq prezidenti Yevgeniy Shevchuk 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi va 600 million pridnestrove rubli miqdoridagi jarimaga tortildi. Bu haqda «Perviy Pridnestrovskiy» telekanali xabar qilmoqda.

Sud Shevchukni katta miqdordagi pora olish bo‘yicha ikkita holatda va lavozimni suiiste'mol qilishga oid uchta holatda aybdor, deb topdi. Shuningdek, PMR sobiq prezidenti davlat mukofotlaridan mahrum etildi va ozod qilinganidan keyin besh yil davomida davlat lavozimini egallay olmaydi. Hukm sirtdan e'lon qilindi.

2017 yilning iyun oyida Yevgeniy Shevchuk Moldovaga chiqib ketgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlab, buni unga «buyurtma» berishgani sababli zaruriy chora, deb atadi. Uning tushuntirishicha, Dnestrning boshqa tomoniga o‘tish haqidagi qarorni avtomobiliga qora jiplar hamrohlik hamda ta'qib qilayotganini payqaganidan so‘ng qabul qilgan.

1989 yilda Kishinyov va PMR o‘rtasida mojaro boshlandi, u keyinchalik Moldavadan mustaqilligini e'lon qildi. Qurolli to‘qnashuvlar 1992 yilda to‘xtatildi. Tiraspoldan bir necha bor ta'kidlashlaricha, Kishinyov bilan birlashish masalasi muhokama qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova bosh vaziri «Rossiya aralashuvi» haqida ma'lum qilgani, prezident buni rad etgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid