Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:35 / 22.12.2018
22016
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina bosh vaziriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi – OAV
Foto: ReutersCC
Ukraina milliy antikorrupsiya byurosi Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda "Ukrainskiye novosti" agentligiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
"Sud qaroriga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi", deb ma'lum qilgan agentlik suhbatdoshi.
Xabarda aytilishicha, jinoiy ish ikkita – mansab mavqeini suiiste'mol qilish va mansabga sovuqqonlik bilan qarash moddalari bo‘yicha ochilgan. Bu ish bo‘yicha da'vogar Oliy rada deputati Vitaliy Kupriy ekanligi aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish