13:49 / 22.12.2018
9125

Yunusobodda o‘g‘rilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shu yil 5 dekabr kuni noma'lum shaxs fuqaro D.M. (ayol)ning uyi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan umumiy qiymati 3 000 AQSh dollari bo‘lgan zargarlik buyumlari, 2000 AQSh dollari va 100 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi G.R., muqaddam sudlanganlar M.M. va K.G. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Top