Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahbus qochish vaqtida politsiyachi mashinasiga o‘tirib oldi
AQShning Kentukki shtatida qochoq mahbus yo‘l-yo‘lakay ketayotgan mashinaga o‘tirib uzoqroq ketishga uringanda o‘zi bilmagan holda politsiyachi mashinasiga o‘tirib oldi. Bu haqda New York Daily News nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mahbus Allen Lyuis Grinap okrugidagi dastlabki hibsga olish markazidan ayblov e'lon qilish uchun boshqa shtatga olib ketilayotganda qochib ketgan. Mahbus uni kuzatib borayotgan zobitga kishanlari qo‘liga og‘riq berayotganidan shikoyat qilgan. Politsiyachi kishanni yumshatmoqchi bo‘lib, uning bir tomonini ochganda, mahbus bundan foydalanib, politsiyachiga tashlanib, qochib qolgan.

Qochoqni qidirish ishlari borayotgan bir paytda mahbus qo‘shni shossegacha yetib borib, u yerda mashina to‘xtata boshlagan. Ammo u “yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilgan”: unga to‘xtagan haydovchi mahalliy universitetning talabalar shaharchasida ishlovchi politsiyachi bo‘lib chiqqan. Politsiyachi qochoqning qo‘llaridan birida qolgan kishanni ko‘rib, uni to‘g‘ri turmaga “eltib qo‘ygan”
Endi mahbus qochishga urinishi uchun ham javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
17:29 / 02.02.2026
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08 / 02.02.2026
Grenlandiyaning tub aholisi kimlar va u qanday qilib Daniyaga tegishli bo‘lib qolgan? AQSh nega bu orolga qiziqmoqda?
15:12 / 02.02.2026