Jahon | 16:12 / 24.12.2018
19840
1 daqiqa o‘qiladi

Zilzilashunos Indoneziyadagi sunami sababini aytdi

Foto: REUTERS

GNS Science zilzilashunosi Sem Teylor-Offord ma'lum qilishicha, Indoneziyadagi halokatli sunamiga Anak-Krakatau vulqonining janubiy yonbag‘ri bir qismi qulagani sabab bo‘lgan, u suv osti ko‘chkisiga olib keldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: Antara Foto

Teylor-Offord so‘zlariga ko‘ra, suv osti ko‘chkisi sunami paydo bo‘lishining «asosiy versiyasi» hisoblanadi.

«Yer qatlami okeanga tushganida, u suv massasining vertikal harakatlanishini keltirib chiqaradi. Aynan shu sunamiga olib keladi», - dedi olim.

Ekspertning ta'kidlashicha, vulqon yonbag‘rining tushib ketishi sun'iy yo‘ldosh tasvirlarida ko‘ringan, ammo ko‘chki vulqon otilishi hamda shovqin sababli asboblar tomonidan qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyadagi sunami oqibatlari haqida fotoreportaj taqdim etilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid