Indoneziya qirğoqlariga 22 dekabr kuni sunami yopirildi. Sönggi ma'lumotlarga köra, halok bölganlarning soni 200dan oşdi, 800dan ortiq kişi jabrlandi.

Taxminlarga köra, sunamiga Krakatau vulqonining otilişidan söng yuz bergan suv osti köçkisi sabab bölgan. Juda baland tölqin Yava hamda Sumatra orollarini ajratib turadigan Zond böğozida yuzaga keldi.

Pandenglang, Janubiy Lampung va Serang okruglari tabiiy ofatdan eng köp zarar kördi.

Qirğoq böyida joylaşgan yuzlab uylar yöq bölib ketdi. Avstraliya va Malayziya Jakartaga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etişda yordam taklif qildi. Rim papasi Frantsisk ham jabrlanuvçilarni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.

Rasmiylar qirğoqoldi tumanlariga yetkazilgan moddiy zararni baholaşda davom etmoqda.

Indoneziya hukumati takroriy tölqinlar xavfi haqida ogohlantirdi. Krakatauning otilişi hamon davom etyapti.

Jabr körgan tumanlarda, Jakarta Post’ning yozişiça, mobil aloqa çeklangan, kommunikatsiyalar buzilgan.

Pandeglanga provinsiyasida, mahalliy rasmiylar ma'lumotiga köra, 400ta turar-joy binosi va töqqizta mehmonxona vayron böldi hamda jiddiy zarar kördi. Hududni tozalaş uçun oğir texnika jalb etilmoqda.

Mintaqada takroriy sunami xavfi Indoneziyada sunamidan erta ogohlantiriş tizimi mavjud emasligi tufayli yanada kuçaymoqda. Krakatau vulqoni atrofidagi seysmometrlarga zilzila davomida zarar yetdi.

23 dekabr kuni Pandenglang provinsiyasida yana sunami haqida ogohlantiruvçi sirenalar yangradi, bu mahalliy aholida vahima uyğotdi. Biroq, tezkor xizmatlar bu tizimning notöğri işlaşi natijasi, deb ataşdi.

Sönggi ma'lumotlarga köra, 222 kişi sunami qurboniga aylandi, yana 843 kişi jabrlandi, 28 kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Indoneziya qirğoqlarida yuz bergan kuçli sunami oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga çuqur hamdardlik bildirdi.











