Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Trampga taklif bilan chiqdi
Foto: REUTERS
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampni 2019 yilda Turkiyaga tashrif buyurishga taklif qildi. Bu haqda Reuters Oq uy bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Hozircha aniq nimadir rejalashtirilmayapti, prezident kelajakdagi ehtimoliy uchrashuv uchun ochiq», - dedi Oq uy vakili Xogan Gidli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Erdo‘g‘anning suhbati tafsilotlari oshkor bo‘lgandi.
The Washington Post'ning yozishicha, Tramp bilan suhbat chog‘ida Erdo‘g‘an Amerika hukumati kurd jangarilarini nega qo‘llab-quvvatlayotganini tushunmasligi haqida ma'lum qilgan.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Trampning so‘zlariga ko‘ra, IShID terrorchilik tashkiloti mag‘lubiyatga uchratilgan. Shuningdek, u mintaqada nima uchun ikki mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi borligi haqida savol bergan.
Mavzuga oid
18:56 / 11.03.2026
Turkiyada o‘ldirib ketilgan Dilafro‘z Cho‘lliyevaning jasadi vatanga qaytarildi
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
18:22 / 08.03.2026