Jamiyat | 09:26 / 25.12.2018
14057
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘zaro janjal bir odamning vafot etishi bilan tugadi

Joriy yilning 23 dekabr kuni Samarqand shahrida yashovchi B.S. mast holda, uyida o‘zaro janjal sabab mehmonda bo‘lgan tanishi T.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada T.A. ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.S. qo‘lga olindi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid