Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valentina Matviyenko O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Rossiya Federatsiyalar kengashi spikeri Valentina Matviyenko 2019 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda TASS ma'lum qilgan.
«Men uchun MDH davlatlari eng ustuvordir. Menda O‘zbekistonga tashrif buyurish taklifi bor, O‘zbekistonga kelgusi yil albatta boraman. Kambodjaga safar bir necha marotaba ko‘chirildi, bu birinchi chorakdagi mening jadvalimga bog‘liq», - dedi Matviyenko dushanba kuni yakuniy matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Hujjat respublika parlamenti yuqori palatasi rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Moskvaga qilgan tashrifi doirasida imzolandi.
Rossiya va O‘zbekiston parlamentlari yuqori palatalari rahbarlarining bitimni imzolash marosimidan keyingi qo‘shma bayonotda ta'kidlashlaricha, hujjat parlamentlararo hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026