Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» yana mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalida pastladi
Angliya chempionatining 19-turida «Lester Siti» «Manchester Siti»ni qabul qildi. Lesterdagi «King Pauer — Uolkers» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silva 14-daqiqada hisobni ochishgandi. Ammo bu gol «shaharliklar»ning uchrashuvdagi yagona goli bo‘lib qoldi. Birinchi bo‘limda «Lester» Mark Olbraytonning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Rikardu Perreyra jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi. O‘yin oxirida mehmonlar yarimhimoyachisi Fabian Delfga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» APLda qatorasiga ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Bu Xosep Gvardiola jamoasining APLda keyingi 4 o‘yindagi uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
«Lester» ochkolari sonini 28taga yetkazdi va APL turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Siti» 44 ochkosi bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa tushib qoldi. Bu turda o‘z o‘yinida «Bornmut»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan «Tottenhem» ochkolari sonini 45taga yetkazib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Angliya chempionati
19-tur
Lester – Manchester Siti 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 14 Bernardu Silva, 1:1 – 19 Olbrayton, 2:1 – 81 Rikardu Pereyra.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Ndidi, Mendi, Olbrayton, Chouduri (Grey, 63), Meddison (Simpson, 78), Vardi (Okadzaki, 88).
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Danilo, Delf, Bernardu Silva (Marez, 83), Gyundogan, Sterling, de Bryuyne (Silva, 70), Sane, Aguero.
Ogohlantirishlar: Maguayr (58), Stounz (77), Vardi (87), Aguero (90).
Chetlatish: Delf (89)
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025