Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlari rivojlantiriladi
Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmok faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyati hokimligi xuzurida muassasa shaklidagi Farg‘ona viloyati “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar)lardagi hududiy markazlari tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:
Farg‘ona viloyatidagi shaxsiy yordamchi dehqon fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini sun'iy urug‘lantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish, nasldor mollar, ozuqabop ekinlar urug‘lari, ozuqabop qo‘shimchalar, sun'iy urug‘lantirish asbob-anjomlari, uskunalari, veterinariya dori vositalari importini tashkil etish;
go‘sht yo‘nalishidagi bo‘rdoqichilik komplekslarida ozuqa-ekin maydonlari uchun ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish, bo‘rdoqichilikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;
seleksiya-naslchilik sohasi, sun'iy urug‘lantirish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish.
Qaror bilan 2019 yil 1 martdan boshlab Farg‘ona viloyatida chorvachilik xo‘jaliklarining yerlariga paxta ekinini joylashtirmaslik yuzasidan mas'uliyat shaxsan tuman hokimlariga yuklatilishi belgilab qo‘yildi.
Hujjatga muvofiq, chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarish, sotilgan mahsulotlar uchun to‘lovlar faqat pul o‘tkazish, naqd pullarni bank orqali kirim qilish yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilishi shart.
Tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga muvofiq paxta, g‘alla va bog‘dorchilik fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan yer uchastkalarida uchinchi shaxs tomonidan chorva ozuqa mahsulotlari yetishtirish uchun pudrat shartnomasi tuzilishiga ruxsat beriladi.
Chorva mollari bosh soni 50 shartli bosh va undan ortiq bo‘lgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda alohida shtat asosida veterinariya vrachi va zootexnik mutaxassislar faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yiladi.
Tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan har yili 1 dekabrgacha Markaz bilan kelishgan holda Farg‘ona viloyati hokimligiga fermer xo‘jaliklari bo‘yicha kelgusi yil uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasi to‘g‘risidagi qaror taqdim etiladi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026