O‘zbekiston | 19:34 / 29.12.2018
4245
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekkimyomash» zavodi negizida yangi metall quyish sexi quriladi 

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekkimyomash zavodi» negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish sexi qurilishi» investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorda bildirilishicha, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan umumiy qiymati 23,76 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan va bir yilda 4 ming tonna yaroqli quyilgan metall ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «O‘zbskkimyomash zavodi» AJ negizida metall quyish ishlab chiqarishini yangilash va yangi metall quyish sexi qurilishi» investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy acoclanishi ishlab chiqildi.

Investitsiya loyihasini moliyalashtirish ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 20 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti va «O‘zbskkimyomash zavodi» AJning 3,77 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid