Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda amalga oşirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toşkent şahrida yaşovçi şaxs tomonidan ijara asosida olingan Toşkent viloyatining Toşkent tumanidagi xonadon xolislar iştirokida közdan keçirilganda, u nafaqat qalbaki dori-vositalarni işlab çiqariş, balki uning noqonuniy savdosi bilan ham şuğullangani aniqlandi.

Dori vositalarini tayyorlaşga möljallangan yaşirin sexda tegişli hujjatlari bölmagan va xavfsizligi kafolatlanmagan 49 nomdagi 594 127 dona “Futsis”, “Prosulpin”, “Ursosan”, “Arbidol” va boşqa dori vositalari topildi. Bu dorilar 50 ta asbob-uskunalar, xususan stanok va qoliplar yordamida qölbola usulda tayyorlab kelingan. Şuningdek, bu yerda sifat talablariga javob bermaydigan 168 kg dori vositalarining xomaşyolari, etiketlari, yöriqnomalar, qoğoz qutilar, böş idişlar hamda kapsulalar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Uşbu şaxsning Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi yaşaş xonadoni ham xolislar iştirokida közdan keçirilganda, 2 turdagi 28 640 dona tibbiyot dori vositalari, 2 turdagi 75 dona ampula, 2 turdagi 46 dona idişda suyuqlik, 3 nomdagi 26 ta turli dori vositalarining etiketkalari, nomsiz 18 280 dona suppozitoriylar va ularning markalari, 1 nomdagi 40 dona kapsula, şu bilan birga, turli xil nomdagi dori vositalarining böş qutilari hamda 3 dona temir qoliplar borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi. 

Tergovga qadar tekşiruv davomida, yaşirin sex taşkilotçisi dori vositalarini tayyorlaş uçun kerakli xomaşyolarni internet tarmoği orqali noma’lum şaxslardan buyurtma orqali sotib olgani aniqlandi. 

Aşyoviy dalil sifatida olingan mazkur dori vositalari va asbob uskunalarning umumiy qiymati qariyb 10 mlrd sömni taşkil qiladi.

Qölbola usulda işlab çiqarilgan dori vositalari Toşkent şahri va Buxoro viloyatidagi bir neçta dorixonalarga tarqatilgan  bölib, davom ettirilgan faol tadbirlar natijasida mazkur dori  vositalarining savdosiga çek qöyildi. 

Hozirda sex taşkilotçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3 moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mazkur yönalişda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirda esa, Toşkent şahrida yaşovçi şaxs va uning şerigi, poytaxtdagi banklardan birining xodimi özaro kelişgan holda Xitoy davlatidan olib kelingan 798 ta qutidagi 574 560 dona infuzion sistema tibbiy buyumlarini 55 ming 700 AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.