Jahon | 08:13 / 30.12.2018
6322
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda qutqaruvchilarni olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi

Foto: aa.com.tr

BAAda qidiruv operatsiyasi davomida qutqaruvchilar otryadini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda 29 dekabrda mahalliy OAV xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, vertolyotdagi barcha odamlar halok bo‘lgan. Vertolyot Ras-Al-Hayma amirligining Jabal-Ji tumanida qidiruv-qutqaruv operatsiyasini olib borgan otryadni tashiyotgan bo‘lgan.

Vertolyotda necha kishi bo‘lgani ma'lum qilinmagan. Hozirda aviahalokat sabablari tergovi olib borilmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid