Jahon | 08:30 / 30.12.2018
22401
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada Islom Karimov nomidagi ko‘cha paydo bo‘ldi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Qozog‘istonning Olmaota shahri maslihati (hokimiyati) qarori bilan shahardagi ko‘chalardan biriga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi

Maslihatning navbatdan tashqari sessiyasida 185 ta ko‘chaning qayta nomlanishi ma'qullangan.

Qayta nomlangan ko‘chalardan 20 tasiga atoqli shaxslar nomlari, qolganiga esa tarixiy-geografik va milliy nomlar berilgan.

Qayta nomlangan ko‘chalar shaharning 5 ta tumanida joylashgan. Ko‘chalar nomini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar 2018 yil boshida aholining ko‘plab shikoyatlaridan keyin boshlangan. Shahardagi nomsiz yoki bir xil nomdagi ko‘chalar aholiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Misol uchun, buning natijasida tez yordam, politsiya chaqirtirish va shu kabi vaziyatlarda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Hozirda Olmaotada 2,5 mingga yaqin ko‘cha bo‘lib, ulardan 349tasi bir xil nomlarga ega bo‘lgan. Misol uchun, shaharda Abay nomli 12 ta, Jabayev nomli 13 ta, Rayimbek botir nomli 8 ta va shu kabi nomi bir xil ko‘chalar talaygina bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid