Light | 20:59 / 30.12.2018
38070
3 daqiqa o‘qiladi

Tomoqni to‘g‘ri chayishga doir tavsiyalar

Foto: Shutterstock

Tomoqni chayish shilliq qavatdagi og‘riqli bakteriyalarni o‘ldirish imkonini beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tomoqni kuniga uch mahal oddiy tuzli suvga chaygan kishilar tezroq tuzalishar ekan. Boshqa tadqiqotlar esa tuz va sodali aralashma tomoqdagi og‘riqqa qarshi kurashishini isbotladi. Biroq o‘zboshimchalik bilan o‘zimizga o‘zimiz ziyon yetkazmasligimiz uchun bir necha qoidani bilish kerak, deyiladi zdorovieinfo.ru saytida.

Asosiy qoidalar:

Asosiysi – har bir muolaja chastotasi va davomiyligi:

·      tomoqni taxminan 30 soniya davomida chayish kerak, shunda aralashma tomoqni yaxshi chayadi;

·      tomoqni ovqatgacha yoki undan keyin chayish tavsiya etilmaydi, biroz vaqt o‘tgani yaxshi;

·      tomoqni chayganda og‘izda suyuqlikni haddan tashqari ko‘p to‘plamang va boshingizni yaxshilab orqaga tashlang;

·      aralashma iliq va hatto biroz issiqroq bo‘lishi kerak, eng mukammal harorat - 37 daraja;

·      aralashmani oldindan tayyorlab, muzlatgichda saqlash mumkin emas, bunday qilinsa, u o‘zining davolovchi xususiyatlarini yo‘qotadi, har porsiya yangidan tayyorlanishi kerak;

·      aralashmani yutib yubormang, bu qizilo‘ngach, oshqozon va butun ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin;

·      muolaja chastotasi kasallik va aralashmaning faol komponentlariga bog‘liq, lekin shifokorlar odatda tomoqni kuniga 5 martadan chayishni tavsiya qilishadi.

Aralashma qanday tayyorlanadi?

Foto: Shutterstock

Xalq orasida tomoqni chayish uchun ko‘plab usullar mavjud, ularning eng sinalganlariga to‘xtalib o‘tamiz:

·      iste'mol sodasi aralashmasi

Natriy biokarbonati va iste'mol sodasi - yaxshi tozalovchi vosita. Bir choy qoshiq soda va bir stakan suv og‘iz bo‘shlig‘ining kislota-asos muvozanatini tiklaydi;

·      sho‘r suv

Bir stakan iliq suvda 1 choy qoshiq soda, tuz va bir necha tomchi yodni aralashtiring. Bu shilliq qavatdagi shishni kichraytiradi va og‘riqni oladi;

·      furatsilin

Furatsilin tabletkasini qaynab iligan suvda eritish kerak. U bakteriyalar ko‘payishi oldini oladi.

Mavzuga oid