Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov AliExpress Russia’ni qachon ochmoqchi ekanini ma'lum qildi
Foto: RIA Novosti
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 2019 yilning boshida AliExpress Russia’ni ochmoqchi.
RFPI, Alibaba Group, «Megafon» va Mail.ru’ning e-commerce sohasidagi qo‘shma korxonasi muvofiqlashtirishning yakuniy bosqichida bo‘lib, 2019 yil boshida ishga tushiriladi. Bu haqda «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida USM Holdings egalaridan biri Alisher Usmonov ma'lum qildi, deya yozmoqda TASS.
«Men ega bo‘lgan ma'lumotlardan kelib chiqsak, biz finishda turibmiz. O‘ylaymanki, 2019 yil ushbu korxona ishga tushadi, shunga umid qilyapmiz», - dedi u.
Alisher Usmonovning ta'kidlashicha, bitimni yakunlash uchun alyans yaratishni nazarda tutadigan bir necha shartlarga rioya qilishni ta'minlash zarur.
Birinchidan, Rossiya resurslari tomonidan texnologik xavfsizlikni tashkil qilish, ikkinchidan, Alibaba kompaniyasi texnologiyalaridan Rossiyada foydalanish imkoniyatini yaratish. Bundan tashqari, tadbirkorning ta'kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi hududida QK serverlarini joylashtirish darkor.
USM xoldingi egalaridan birining qo‘shimcha qilishicha, yana ikkita texnologik band yakuniy muvofiqlashtirish bosqichida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham biznes bilan shug‘ullanishni istamasligi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025