Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Rossiyaning Forbes naşriga bergan intervyusida Özbekistondagi biznes va imkoniyatlar haqida gapirdi.

«Men Rossiyada ham, Özbekistonda ham biznes bilan şuğullanişni istamayman. Bugungi kunda 80 foiz vaqtim Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasini boşqarişga ketmoqda, 9 dekabr kuni biz 105 yoşga kiramiz hamda Parijda - federatsiya taşkil etilgan şaharda yubiley munosabati bilan tadbir ötkaziladi.

Biz barça hayot bölgan olimpiya çempionlarini, barça jahon çempionlarini, barça federatsiyalarni va jahon sporti rahbariyatini taklif qilamiz. Bunday tadbirni ötkaziş uçun juda köp işlar talab etiladi».

Forbes: Özbekistonda hozir juda katta özgarişlar röy bermoqda - siyosatşunoslardan biri Şavkat Mirziyoyevni «özbek Gorbaçevi», deb atadi. U yerda, 1990-yillarda Rossiyada bölgani kabi, xususiylaştiriş boşlandimi?

«Albatta, yöq. U Gorbaçyov emas. Gorbaçyovdan farqli ölaroq, u öz rejalarida aniq. U haqiqiy vatanparvar va Özbekiston davlati haqida qayğuradi».

Forbes: Uni kim bilan soliştirgan bölar edingiz?

«Heç kim bilan. U öziga xos. Ehtimol, bu iqtisodda taraqqiyotni xohlaydigan, şarqdagi rahbarning yangiça körinişi. Men bunga işonaman».

Forbes: YouTube’da jiyaningiz Sarvarning töyidan videolar bor. Siz mehmonlar orasidagi yoşlarga taxminan şunday degansiz: oldingizda barça yöllar oçiq, prezident sizga yordam beradi, faqat oling va qiling. Agar bizda Fattoh [Şodiyev] va Iskandar [Mahmudov] bilan bir vaqtlar bunday imkoniyat bölganida, biz dunyoni tubdan özgartirgan bölardik.

«Ha, gapirganman. Hozir haqiqatdan ham biznes uçun barça imkoniyatlar mavjud. Özbekiston xalqi dono, öylaşimça, u bu imkoniyatlardan foydalanadi. Men esa qölimdan kelganiça yordam beraman».