Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 2018 yilni «tarixiy yutuqlar» yili deb atadi
Donald Tramp ma'muriyati hokimiyat tepasida bo‘lgan dastlabki ikki yil yakunlari bo‘yicha AQSh tarixidagi eng muvaffaqiyatli ma'muriyatga aylandi. Bu haqda Trampning o‘zi yangi yil murojaatida ma'lum qildi, u davlat rahbari Twitter’ida joylashtirildi.
«Bunday ma'muriyat bo‘lmagan, men bundan juda faxrlanaman, u hokimiyat tepasidagi dastlabki ikki yilda juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Iqtisodiyotimiz sezilarli darajada rivojlanmoqda, ko‘p yillar davomida birinchi marta ish haqi oshdi. Odamlar bir joyda ishlab, ko‘proq pul topmoqda», - deya ma'lum qildi Donald Tramp.
2018 has been a year of historic accomplishments! pic.twitter.com/6Iq5CFVdwY
— The White House (@WhiteHouse) January 1, 2019
Uning eslatishicha, o‘z ma'muriyati Meksika, Kanada va Janubiy Koreya bilan yangi shartnomalar tuzdi, shuningdek, Eron bilan «dahshatli bitimni» bekor qildi.
Tramp keyingi yutuq sifatida Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni keltirgan, ulardan so‘ng Pxenyan raketalar sinovini to‘xtatdi. «Lekin biz shoshilmayapmiz», - deya aniqlik kiritgan Tramp va Yaqin Sharqqa e'tibor qaratgan. «Biz Isroildagi elchixonani Al-Qudsga ko‘chirdik. Men buni va'da qildim va bajardim», - deya ma'lum qildi Tramp.
Shundan so‘ng, Tramp Meksika bilan chegarani qo‘riqlash muammosini ko‘tardi. Kongressning Meksika bilan chegarada devor qurilishini moliyalashtirishdan bosh tortishi dekabr oyi oxirida «shatdaunga» - hukumat ba'zi departamentlar ishining vaqtinchalik to‘xtashiga olib keldi. «Bizda devor bo‘lishi kerak», - deya ma'lum qilgan Tramp.
«Bizda buyuk ikki yil bo‘ldi, men sizlar uchun sidqidildan ishlayapman, sizlar uchun kurashyapman, biz g‘alaba qozonamiz», - dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish muddatini uzaytirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026