AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarga Suriyani tark etiş uçun tört oy vaqt berdi. Bu haqda The New York Times gazetasi Oq uydagi manbalarga asosan yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Iroqqa taşrifi çoğida Tramp IŞID terrorçilik guruhi bilan kuraşişga qaratilgan Inherent Resolve («Buzilmas qat'iylik») amaliyoti qömondoni bilan uçraşgan. Gazetadan aytişlariça, bu suhbat davomida Tramp uni amerikalik qöşinlarda Suriyani tark etiş uçun tört oy vaqt borligiga işontirgan.
Dastlab, AQŞ qöşinlarini Suriyadan olib çiqib ketiş 60 kundan 100 kungaça davom etadi, deb taxmin qilingandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oq uy Tramp Suriya böyiça qarorini bekor qilmasligi haqida ma'lumot bergandi.








