Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan rahbari Xitoyning taklifini keskin rad etdi
Taybey Xitoy va Tayvanning yaqinlashishi hamda birlashishi yo‘lidagi «bir mamlakat - ikki tizim» formulasi qo‘llanilishi ehtimolini rad etadi. Bu haqda chorshanba kuni matbuot anjumanida orol ma'muriyati rahbari Tsay Inven XXR raisi Si Tszinpinning tegishli bayonotiga izoh berib, ma'lum qildi.
«Men yana bir bor ta'kidlab o‘tishim lozim - Tayvan «bir mamlakat - ikki tizim» modelini hech qachon qabul qilmaydi. Orol aholisining aksariyati ham bunga qarshi», - deya uning so‘zlarini keltiradi South China Morning Post gazetasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin «Tayvan mustaqilligi» g‘oyasi tarixiy jarayonga zid ekani, u oxir-oqibat boshi berk ko‘chaga olib kelishi haqida ma'lum qilgandi.
«Tayvanning mustaqilligi tarixiy jarayonlarga zid keladi va boshi berk ko‘chaga olib boradi», - deya ma'lum qildi Si Tszinpin.
Tszinpin so‘zlariga ko‘ra, «xitoyliklar xitoyliklar bilan jang qilmaydi», «Xitoyning tinch birlashishi esa ham qit'a qismdagi Xitoy xalqi, ham Tayvan bo‘g‘ozining narigi betidagi vatandoshlar manfaatiga xizmat qiladi». «Biz Xitoyning tinch birlashishi uchun keng maydon yaratishga tayyormiz va hech qanday ayirmachilik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi XXR rahbari.
Mavzuga oid
20:57
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026