«Tayvan mustaqilligi» ğoyasi tarixiy jarayonga zid bölib, oxir-oqibat boşi berk köçaga olib keladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin çorşanba kuni «Tayvanlik yurtdoşlarga murojaat»ning 40 yilligiga bağişlangan yiğilişda sözlagan nutqida ma'lum qildi.

«Tayvanning mustaqilligi tarixiy jarayonlarga zid keladi va boşi berk köçaga olib boradi», - deya ma'lum qildi Si Tszinpin, uning sözlari «Sinxua» agentligi tomonidan keltirilgan.

Tszinpin sözlariga köra, «xitoyliklar xitoyliklar bilan jang qilmaydi», «Xitoyning tinç birlaşişi esa ham qit'a qismdagi Xitoy xalqi, ham Tayvan böğozining narigi betidagi vatandoşlar manfaatiga xizmat qiladi». «Biz Xitoyning tinç birlaşişi uçun keng maydon yaratişga tayyormiz va heç qanday ayirmaçilik faoliyatiga yöl qöymaymiz», - deya ta'kidlab ötdi XXR rahbari.

Şuningdek, uning qayd etişiça, «Xitoy birlaşişi har qanday mamlakatning qonuniy manfaatlariga, şu jumladan, Tayvanning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmaydi». Si Tszinpin sözlariga köra, bu aksinça, «Osiyo-Tinç okeani mintaqasi va butun dunyoda rivojlaniş, farovonlik va barqarorlikka turtki beradi, şuningdek, jamiyatni yagona taqdir hamda inson taraqqiyoti rivoji bilan qurişga katta hissa qöşadi».

Si Tszinpin Tayvan masalasida «tinç birlaşiş» prinsipiga çaqirdi.

«Tinç birlaşiş prinsiplari va «yagona Xitoy» siyosati milliy birlaşişga eng yaxşi yondaşuvdir», - dedi Si Tszinpin.

«Biz barçamiz bir oilamiz. Tayvan böğozini kesib ötiş masalalari içki iş bölib, tabiiyki, özimiz örtamizdagi muzokaralar va maslahatlaşuvlar orqali hal qilinişi kerak», - deya qayd etib ötdi XXR raisi.

Uning sözlariga köra, «Tayvan masalasini tinç yöl bilan hal etiş - mintaqada barqarorlik va tinçlikni saqlab qoliş, şuningdek, vatandoşlar manfaati yölidagi umumiy rivojlanişga kömaklaşiş uçun töğri yöl». «Tinç aloqalar sohasidagi hamkorlik oldinga siljişi va har ikki tomondan ham qöllab-quvvatlanişi darkor», - deya xulosa qilgan Si Tszinpin.