Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda O‘zbekistonda 13 ta yangi masjid ochildi
2018 yilda O‘zbekistonda 13 ta yangi masjid ochildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
«Muhtaram prezidentimiz rahnamoliklarida Qur'on musobaqalari bilan boshlangan 2018 yil qut-barakali o‘tdi, Alloh taoloning ne'matlari bisyor bo‘ldi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, diniy-ma'rifiy sohani takomillashtirish to‘g‘risidagi bir qator farmon va qarorlar asosida:
– Xalqaro islom akademiyasi ta'sis etildi;
– Xalqaro Islom sivilizatsiya markazi tashkil etildi;
– “Vaqf” xayriya jamoat fondi tuzildi;
– Hadis ilmi maktabi nomli oliy diniy ta'lim muassasasi ish boshladi;
– masjid-madrasalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi;
– 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi, 100 ga yaqini kapital ta'mirlandi;
– Haj qiluvchilar soni 7200 dan oshdi, umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ldi;
– Ramazon oyida 1149 ta masjidda xatmi Qur'on o‘tkazildi;
– “Qur'oni karim va tajvid” hamda “Arab tili” kurslari tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:10 / 08.01.2026
2025 yil O‘zbekistonda 3 ta masjid va 1 ta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi
17:15 / 08.11.2025
Indoneziyadagi masjidda portlash: 55 kishi jarohatlandi. Gumondor 17 yoshli o‘quvchi
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025