Bugun, 4 yanvar kuni Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov Özbekiston musulmonlari idorasining Toşkent şahridagi vakili, şahar boş imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi boş imom-xatibni taniştirdi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyi oxirlarida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning buyruği bilan Toşkent şahar boş imom-xatibi vazifasini bajaruvçi etib diniy idoraning Masjidlar bölimi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov tayinlangandi.

Şundan söng, 26 iyun kuni poytaxtdagi «Şayx Zayniddin» jome masjidida Toşkent şahar imomlarining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari şayx Abdulaziz Mansur diniy idora raisi örinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toşkent şahar vakili, Toşkent şahar boş imom-xatibi, öz navbatida Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.