Jahon | 22:10 / 04.01.2019
8375
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh BMT bilan inson huquqlari bo‘yicha muloqot qilmay qo‘ydi

AQSh davlat departamenti BMTning AQSh hududida inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq ehtimoliy holatlariga taalluqli murojaatlariga javob bermay qo‘ydi. AQSh prezidenti ma'muriyati butun dunyodan mustaqil ekspertlarning 13 ta murojaatiga javob bermagan.

Javobsiz qolgan murojaatlardan bir qatori Meksika bilan chegarada Markaziy Amerikadan kelgan muhojirlar oilalarining bir-biridan ayirilishi bilan bog‘liq vaziyatga taalluqlidir.

Bundan tashqari, Donald Tramp prezidentlik qilishni boshlagandan buyon Oq uy BMT ekspertlariga AQShga kelish taklifini uzaytirib bermagan. Mutaxassislar rasmiy tashrif bo‘lmasa, mamlakat haqida doklad tayyorlab, uni BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashiga taqdim qila olmaydilar. 

Davlat departamenti bu holatga izoh berishdan bosh tortgan. 

Mavzuga oid