Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Afg‘oniston-Pokiston-Turkiya sammiti bo‘lib o‘tishini e'lon qildi
Foto: Sputnik / Sergey Guneyev
Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an mart oyidan so‘ng Istanbulda Afg‘oniston-Pokiston-Turkiya sammiti o‘tkazilishini ma'lum qildi.
"Turkiyada 31 martda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mahalliy saylovlardan so‘ng Istanbulda Afg‘oniston-Pokiston-Turkiya uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi", dedi Erdo‘g‘an Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida.
O‘z navbatida, Pokiston bosh vaziri bo‘lajak sammit muvaffaqiyatli o‘tishiga umid bildirdi.
"Pokiston va Turkiya sammit tinchlik jarayoniga hissa qo‘shishiga umid qilmoqda. Afg‘oniston xalqi 30 yildan ortiq vaqt davomida azob chekmoqda. Xalqaro jamiyat va afg‘on zaminiga tinchlik olib kela oladigan barcha unga yordam berishi lozim", dedi Xon.
Mavzuga oid
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
18:08 / 17.12.2025
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
18:48 / 27.11.2025