Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Josuslikda gumon qilingan amerikalik britaniyalik ekani ma'lum bo‘ldi
Foto: EPA-EFE/WHELAN FAMILY
Moskvada josuslikda gumonlanib qo‘lga olingan amerikalik Pol Uilan Birlashgan Qirollik fuqarosi ekanligi ma'lum bo‘ldi. The Times nashrining xabar berishicha, u qo‘lga olinganidan so‘ng AQSh diplomatik missiyasi xodimlari britaniyalik diplomatlar bilan bog‘langan va Uilanning Britaniya fuqarosi ekanligini xabar qilgan.
Buyuk Britaniya TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, «konsul Rossiyada qo‘lga olingan britaniyalikning oldiga kirishi uchun ruxsat so‘ralgan».
Pol Nikolas Uilan 28 dekabr kuni Moskvada josuslik faoliyatini amalga oshirayotganda qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma'lum qilinishicha, u Rossiya fuqarosidan davlat siri bo‘lgan ma'lumotlarni olganidan so‘ng ushlangan.
Mavzuga oid
19:54
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
17:51
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
11:34
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
22:54 / 27.04.2026