NATO Rossiyaga «so‘nggi imkoniyat» berdi
NATO Rossiya O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bajarilishiga belgilangan muddat ichida qaytmasa, tegishli javob qaytaradi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg DPA agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
«Muhimi, Rossiya hozirda so‘nggi imkoniyatga ega. Agar Rossiya bitim shartlariga qaytmasa, unda biz katta muammolarga duch kelamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Stoltenbergning fikricha, strategik muvozanatni tiklash uchun NATOda O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish bitimi to‘xtatilishiga javob qaytarishning ko‘plab usullari mavjud. Biroq, u vaziyatni murakkablashtirmaslik uchun tafsilotlarga aniqlik kiritib o‘tirmadi. «Biz juda keskin javob qaytarmaymiz, ammo buni qilish kerak. Bizning ustuvor vazifamiz - Rossiyani bitimga rioya qilishga qaytarish», - deya qayd etib o‘tdi bosh kotib.
U NATO AQSh Yevropada ikki tomonlama kelishuvlar asosida o‘z yadro raketalarini joylashtirishi mumkinligini istisno etishi bo‘yicha savolga javob qaytarmagan. Stoltenbergning bildirishicha, dekabr oyida tashkilot doirasida bu masalani hal qilishga rozi bo‘lgan alyans mamlakatlar TIV rahbarlari qarorini olqishlaydi.
Shu bilan birga, NATO bosh kotibining ko‘rsatishicha, Rossiyaga tegishli yangi SSC-8 raketalari allaqachon Yevropada joylashtirilgan, ular yadroviy kallakni olib yurishi hamda O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni buzishi mumkin. «Rossiya yadro qurolidan foydalanish uchun chegarani yo‘qotmoqda», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaga ukrainalik dengizchilar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:52 / 19.09.2024
Rossiya asal narxini pasaytirish uchun O‘zbekistondan asalari olmoqda
20:25 / 19.09.2024
Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun yangi qoidalar joriy etiladi
08:20 / 19.09.2024