Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Rossiyaga ukrainalik dengizchilar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Suriya va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda Yelisey saroyi.
Qayd etilishicha, Makron «Rossiyani qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilarni imkon qadar tezroq ozod qilish va 2018 yilning 25 noyabrida Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan hodisadan so‘ng egallab olingan kemalarni qaytarishga chaqirdi».
Ukrainaning 10 oblastida bo‘g‘ozdagi hodisadan keyin 30 kunlik muddatga harbiy holat joriy etildi. 26 dekabrda harbiy holat rejimi tugadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e'tibor qaratilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
14:17
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
18:53 / 10.06.2026