OAV: Turkiya AQShdan Suriya bo‘yicha yordam so‘radi

Foto: AP Photo/Hussein Malla
Turkiya hukumati Suriyada IShID guruhi jangarilariga qarshi kurashni davom ettirish uchun Qo‘shma Shtatlardan qo‘llab-quvvatlov so‘radi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya AQSh turk harbiylariga jiddiy yordam berishini - jumladan, havodan zarbalar berish hamda harbiylarni olib o‘tishda ko‘mak ko‘rsatishini istaydi. Nashrdan qayd etishlaricha, agar Qo‘shma Shtatlar bunday yordamni to‘liq hajmda taqdim etsa, unda Suriyadagi amerikalik harbiylar kontingenti, AQSh qo‘shinlari olib chiqilishi e'lon qilinganiga qaramay, sezilarli darajada o‘sishi mumkin.
Shuningdek, gazeta manbalarining aytishicha, bu masala bo‘yicha muzokaralar 8 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e'tibor qaratilishi aytilgandi.
Mavzuga oid

09:22
MRB direktori: «Ukraina qurolsiz bo‘lsa ham jang qiladi»

08:35
Sanksiyalar yengillashishi yoki kuchaytirilishi Rossiyaning qadamlariga bog‘liq - AQSh Moliya vazirligi

08:29
Istanbulga kamolchilar vakili Nuri Aslan vaqtinchalik hokim etib saylandi

23:34 / 26.03.2025