Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi
Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Po‘latovich Habibullayev vafot etdi
Salombek Habibullayev 2018 yilning 26 yanvarida mazkur lavozimga tayinlangan edi.
1971 yilning 26 sentyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan Salombek Habibullayev 1992 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagach, 1992 yildan 2018 yilgacha Toshkent davlat universitetining «Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasida assistent, tadqiqotchi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlil va istiqbollari bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarmaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Bosh axborot-tahlil departamenti boshlig‘i, o‘zbek-yapon markazi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Andijon viloyat hokimligi, kasbdoshlari, do‘stlari marhumning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Mavzuga oid
17:26 / 08.04.2026
Xovos tumani hokimining tezkor tadbirda ushlangan sobiq o‘rinbosari uzoq muddatga qamaldi
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026