Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning sobiq mudofaa vaziri vafot etdi
Amerikalik olim va siyosatchi, AQShning sobiq mudofaa vaziri Garold Braun 91 yoshda vafot etdi. Bu haqda direktorlar kengashi tarkibiga Braun kirgan RAND ilmiy-tadqiqot markazi ma'lum qildi.
The New York Times nashrining Braunning qizi Deboraga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, Braun Rancho Santa-Fedagi (Kaliforniya) uyida 4 yanvarda hayotdan ko‘z yumgan. Braunning o‘limiga oshqozonosti bezi saratoni sabab bo‘lgan.
Sobiq bosh vazir 1927 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. 1965 yildan 1969 yilgacha AQSh harbiy-havo kuchlari vaziri, 1977-1981 yillarda AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter ma'muriyatida mudofaa vaziri lavozimini egallagan. U AQSh mudofaa vazirligiga rahbarlik qilgan ilk olim bo‘lgan.
Braun mudofaa vaziri bo‘lgan vaqtda AQSh va sobiq ittifoq o‘rtasidagi munosabatlar sovuq urush doirasida keskinlashgan. Braun 1979 yilda sobiq ittifoq bilan strategik qurollarni cheklash kelishuvini (OSV-II) tuzish bo‘yicha muzokaralarda faol ishtirok etgan. Biroq kelishuv Braunning sa'y-harakatlariga qaramay, AQSh kongressi tomonidan ratifikatsiya qilinmagan, ammo keyinroq hujumkor qurollarni qisqartirish haqidagi boshqa kelishuvlarning imzolanishiga asos bo‘lgan.
Shundan keyin Braun Pentagonni tark etib, bir qator ilmiy-tadqiqot markazlarida ishlagan. Shuningdek, IBM kompaniyasida rahbarlik lavozimlarini egallagan.
Braun xavfsizlik va milliy manfaatlar himoyasiga qo‘shgan hissasi uchun AQShning “Prezident Ozodlik medali” va energiyani o‘rganish, qo‘llash va ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy va texnik yutuqlar uchun beriladigan “Enriko Fermi mukofoti” bilan mukofotlangan.
Mavzuga oid
19:37
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026