Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShning S-400 majmualari bo‘yicha taklifini rad etdi
Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari o‘rniga Patriot majmualarini sotib olish bo‘yicha AQShning yangi taklifini rad etdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Yeni Safak nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy haftada Anqaraga tashrif buyurgan AQSh delegatsiyasi Turkiyani S-400 majmualarini sotib olish qaroridan qaytarishga oxirgi urinishni amalga oshirdi. Biroq Turkiya Vashingtonning taklifini rad etdi, chunki u na Patriot bo‘yicha chegirmani, na texnologiyalarni berishni o‘z ichiga oladi. AQSh o‘z majmualari uchun 3,5 mlrd dollar so‘ramoqda, S-400 esa Turkiyaga 3 barobar arzon tushadi.
Avvalroq Anadolu axborot agentligi AQSh delegatsiyasi Turkiyaga Patriot zenit-raketa majmualarini sotish taklifini bildirganini ma'lum qilgandi. Bu taklif 4 ta AN/MPQ-65 radiolokatsion stansiya, 10 ta antenna-machta qurilmasi, 20 ta M903 pusk qurilmasi, sinov qurilmalari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026