Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh desant kemasining Qora dengizga kirishi videoga olindi
Foto: Dvidshub / © U.S. Navy / MCS 2nd Class Megan Anuci
AQSh harbiy-dengiz kuchlari katta desant kemasi «Fort Makgenri» (USS Fort McHenry)ning Bosfor bo‘g‘ozi orqali Qora dengizga kirishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Kadrlar YouTube’dagi Alfred rich kanalida joylashtirildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 09:30larda kema Ruminiyaning «Konstansa» portiga kirgan, deya ma'lum qildi RIA Novosti. Uning harakatlari Rossiya Qora dengiz flotiga qarashli «Pitliviy» qo‘riqlash kemasi tomonidan nazorat qilinmoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Oltinchi floti 6 yanvar kuni «Fort Makgenri» Qora dengizga jo‘natilgani haqida xabar berdi.
Kema 2016 yilda Norvegiya qirg‘oqlari yaqinidagi mashqlarda ishtirok etgan, undan bir yil muqaddam AQSh elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilish uchun Yaman qirg‘oqlariga jo‘natilgan. «Fort Makgenri» havo yostiqchasida beshta desant katerini yoki LCM-6 turidagi 21ta katerni olib yurishi mumkin hamda 400dan ortiq dengiz piyoda askarni tashish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qora dengizga AQShning katta desant kemasi yo‘l olayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:22
Zelenskiy: AQSh va Rossiya urushni to‘xtatish uchun bir xil talab qo‘ymoqda
20:59 / 21.02.2026
Tramp AQSh Oliy sudida yutqazdi. Endi uning agressiv bojlari bekor qilinadimi?
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
13:10 / 21.02.2026