Sport | 11:00 / 07.01.2019
8937
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» 25 yildagi eng yomon natijasini qayd etmoqda

Foto: Squawka

Ispaniya chempionatining 18-turida «Real» «Santyago Bernabeu»da «Real Sosedad»ga yutqazdi (0:2).

Bu klubning joriy mavsumdagi oltinchi mag‘lubiyatidir. Taqqoslash uchun jamoa o‘tgan mavsumda jami 6 marta mag‘lub bo‘lgandi.

Madridliklar 18 turdan keyin 30 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni «Alaves»ga bo‘shatib berib, beshinchi o‘ringa tushib ketgan. Endilikda «Real» turnir jadvali peshqadami «Barselona»dan 10 ochko ortda qolmoqda. 

Bu jamoaning XXI asrdagi eng yomon natijasidir. «Real» oxirgi marta 2005/06 yilgi mavsumda 18 turda 30 ochko jamg‘argandi. Lekin o‘sha mavsumda jamoada to‘plar nisbati +10 bo‘lgan, joriy mavsumda esa – +3.

Madridliklar joriy mavsumdagi 18 o‘yinda 26 gol urishdi. Bu jamoaning keying 25 yildagi eng yomon natijasidir. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta 1993/94 yilgi mavsumda qayd etilgan.

Mavzuga oid