Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Uber haydovchisi olti kishini o‘ldirganini tan oldi
AQShning Michigan shtatida Uber haydovchisi Jyeyson Dalton olti kishini o‘ldirganini tan oldi. Qotilliklar safar vaqtida u tomonidan sodir etilgan. Shuningdek, bu shaxs qotillikka urinishni ham tan oldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ta'kidlanishicha, Dalton Michigan shtatidagi Kalamazu shahrida yuz bergan otishma bilan bog‘liq hodisadan uch yil o‘tib o‘z aybini tan oldi. U sud majlisida odamlarga to‘satdan hujum qilishiga nima sabab bo‘lganini aytmadi.
«Ha, men uzoq vaqtdan beri buni tan olmoqchi edim», - dedi Dalton.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi sakkiz kishiga qarata o‘t ochgan, ulardan olti nafari halok bo‘lgan. Qo‘lga olingan kuni erkak politsiyachilarga jinoyatga Uber ilovasi logotipidagi «iblis shakli» turtki bergani, u go‘yoki uning harakatlarini boshqarganini aytgan.
2016 yilda noma'lum shaxs shahar bo‘ylab yurib, odamlarga qarata o‘t ochgani xabar berilgandi. Bu shaxs Uber haydovchisi Jyeyson Dalton bo‘lib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bryussel sudi Uber’ni taqiqlab qo‘ygandi.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026