Bryussel sudining qaroriga binoan, Uber işi noqonuniy deb topildi. Bu haqda RTL Info xabar bermoqda. U yerdan körsatişlariça, ikki bor - sentabr va dekabrda - tegişli litsenziyani olgan hamda maşinada taksi belgisini örnatgan haydovçilar yölovçilarni taşiş huquqiga ega ekanligi haqida ogohlantirişgan.

Taxi Verts taşuvçisi rahbari Mişel Petrning RTL’ga izohida aytilişiça, Uber sud qarorlarini özi bilganiça tuşungan va Belgiyada işlaşni davom ettirgan. Bryussel sudining hozirgi bayonoti taqiqni aniqlaştiradi.

Avvalroq, Taksi haydovçilari federatsiyasi sudga murojaat qilgandi. Uning bildirişiça, Uber BV (Amerika kompaniyasining mahalliy şirkati) faqat vositaçi ekanini aytib xato qiladi. «Uber tariflarni belgilaydi, hisoblarni taqdim etadi, haydovçilarni tanlaydi. Bu vositaçilik emas, balki taşuvlarni amalga oşiradigan kompaniya», - deya ma'lum qildi Federatsiya advokati Antuan Şome RTBF telekompaniyasiga.

Uber’ning özi Belgiya qonunçiligini buzayotgani böyiça ayblovlarni rad etdi. U yerdan körsatilişiça, ular taksi xizmati emas, balki faqat yölovçilarga haydovçiga ega avtomobillarni ijaraga berişadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda haydovçisiz taksi xizmati yölga qöyilgani xabar berilgandi.