Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Boltonning suriyalik kurdlar bo‘yicha talabini «jiddiy xato» deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning mamlakati AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jon Boltonning suriyalik kurdlarga hujum haqidagi bayonotini qabul qila olmasligini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Erdo‘g‘an shuningdek, Bolton Suriyadan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi uchun Turkiyaga shart qo‘yib «jiddiy xato» qilganini aytdi. U Turkiya suriyalik kurdlar guruhlari borasidagi masalada hech qachon murosa qilmasligini ta'kidladi.
Avvalroq Bolton agarda Turkiya suriyalik kurdlarga hujum qilmaslikka va'da bermasa, AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketmasligini bildirgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yilning 19 dekabrida Suriyadan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026