Jahon | 10:15 / 09.01.2019
9714
1 daqiqa o‘qiladi

Demokratlar yetakchilari Trampga chaqiriq bilan chiqishdi

Foto: Reuters /Jonathan Ernst

AQSh kongressining vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer mamlakat prezidenti Donald Trampni hukumat ishini qayta tiklashga chaqirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Prezident, hukumat ishini qayta tiklang. Shunda biz o‘zaro pozitsiyalarimizdagi farqlarni hal qilish ustida ishlay olamiz», - deya ma'lum qilgan Pelosi va Shumer qo‘shma bayonotda.

Demokratlar fikriga ko‘ra, Trampning Meksika bilan chegarada devor qurish bo‘yicha rejasi samarasiz hisoblanadi.

Shuningdek, Shumerning ta'kidlashicha, Tramp amerikaliklarning o‘z ma'muriyatidagi muammolarga qaratilgan e'tiborini chalg‘itish maqsadida Oval kabinetdan millatga murojaat bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Oq uy AQShda favqulodda holat e'lon qilishning yuridik imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid